14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni
14.01.2026 Поделиться🎖 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi
Hurmatli Vatan himoyachilari, aziz ustozlar va talaba-yoshlar!
Sizlarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi nomidan chin qalbdan tabriklaymiz.
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va davlatimiz mustaqilligini ta’minlashda nafaqat harbiylar, balki harbiy tibbiyot sohasida fidokorona mehnat qilayotgan shifokorlar, feldsherlar, hamshiralar va tibbiyot xodimlarining hissasi beqiyosdir. Ular har qanday sharoitda inson hayotini saqlab qolish, harbiy xizmatchilarning sog‘ligini muhofaza qilish yo‘lida mas’uliyatli va sharafli xizmatni amalga oshirib kelmoqdalar.
Harbiy tibbiyot — bu nafaqat kasb, balki yuksak jasorat, sabr-toqat va Vatanga sadoqat namunasidir. Bu sohada faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari o‘z bilim va tajribalari bilan yosh avlod uchun haqiqiy ibrat maktabini yaratmoqda.
Ushbu qutlug‘ kunda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinch va farovon hayot, kasbiy faoliyatingizda ulkan yutuqlar va sharafli xizmatingizda zafarlar tilaymiz.
Vatanimiz osmoni doimo musaffo, hayotimiz tinch va barqaror bo‘lsin!
