Fotogarereya,Yangiliklar

“O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostida millatlararo totuvlik festivali QTIda o‘tkazildi

25.11.2025

👁 6 marta ko‘rilgan

Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida millatlararo totuvlik va hamjihatlikka bag‘ishlangan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Qozoq, Koreys va Turkman milliy madaniy markazlari vakillari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi mas’ullari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

🎙 Tadbirni institut rektori Olimbay Xalimov ochib berib, yurtimizda yaratilgan ko‘p millatli totuvlik muhitining yoshlarda tinchliksevarlik, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat qadriyatlarini shakllantirishdagi o‘rnini alohida ta’kidladi.

Festival davomida:

• turli millat va elat vakillarining musiqiy chiqishlari,

• milliy urf-odatlar, kiyim-kechaklar va madaniyatlar namoyishi,

• fakultet talabalarining do‘stlik va bir oiladek yashash muhiti shakllandi.

Tadbir yakunida institut tomonidan Qozoq, Turkman va Koreys millati vakillariga hamkorlik va faol ishtiroki uchun minnatdorchilik yorliqlari topshirildi.

✨ Bunday tashabbuslar talaba-yoshlar qalbida bag‘rikenglik, hamjihatlik, o‘zlikni anglash va yurt tinchligini qadrlash tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com