Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor
Narimbetova Roza Janabayevna
Tibbiyot fanlari nomzodi
Qabul vaqti: | Dushanba-Shanba: 08:30-17:00 |
Tel: | (8361) 222-84-36 |
Fax: | (8361) 222-84-36 |
E-mail: | nukusmed@mail.ru |
Manzil: | Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi 108-uy |
ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALAR BO‘YICHA PROREKTOR LAVOZIMINING MAJBURIYATLARI
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmonlari va farmoyishlari, ta’lim va fan sohasidagi Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining me’yoriy – huquqiy hujjatlari va ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
- Rejalar va dasturlarni, ilmiy – tadqiqot, innovatsion , ixtirochilik faoliyati va ilmiy tadqiqotlarni standartlashtirish bo‘yicha topshiriqlarni bajarishda kafedra va kurslarga tashkiliy yordam ko‘rsatish;
- Iqtidorli yoshlarni topish, tanlash va ular bilan ishlashda yordam va boshqarish;
- Talabalarni Respublika va xalqaro ilmiy –amaliy konferentsiyalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyalari, I.A. Karimov va Avitsenna nomidagi davlat stipendiyalari tanloviga, shuningdek Respublika fan olimpiadalariga tayyorlash jarayonini boshqarish;
- institut kafedralarining ilmiy – tadqiqot faoliyati ustidan umumiy rahbarlik va nazoratni, shuningdek ilmiy tadqiqot loyihalari va grantlarida ishtirok etish, tadqiqotlar samaradorligini monitoring qilish, turli xil ko‘rgazmalarda amaliy faoliyat, ilmiy texnik ishlanmalarni joriy qilish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish
- Ilmiy tadqiqotlar olib borishda me’yoriy talablarga, hujjatlarni sifatli rasmiylashtirishga, uni muvofiqlashtirilgan va o‘rnatilgan tartibiga rioya qilinishini ta’minlash;
- Intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish, ilmiy yutuqlarni patentlash ishlarini boshqarish, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish
- Institut kafedralari xodimlarining ilmiy materiallarini, shuningdek jurnalning ilmiy maqolalarini, institutning o‘quv va ilmiy faoliyati davomida ilmiy va davriy nashrlarni tayyorlash va nashr etish jarayonini, kutubxona adabiyotlarining yangilanishini nazorat qilish; halqaro raqamli kutubxonalari Scopus, Web of Science va boshqalarga institut xodimlarining kirishini ta’minlash;
- Respublika va xalqaro ilmiy – amaliy konferentsiyalarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish, o‘qituvchilar va talabalarning etakchi xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash;
- Doktorantura va mustaqil izlanuvchilar orqali yuqori malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlashni ta’minlash, shuningdek institut xodimlarining ilmiy unvonlarini o‘z vaqtida olishga yordam berish ;
- Xalqaro aloqalar bo‘limi bilan birgalikda chet el grantlarini olish bo‘yicha ilmiy loyihalarni shakllantirishda ishtirok etish.