Ilmiy izlanishlar — kelajak poydevori
19.03.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Ruslan Ametov talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
✍️ Uchrashuv davomida institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, tibbiyot sohasidagi innovatsion yo‘nalishlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, startap loyihalarni shakllantirish, ilmiy grantlar tanlovlarida ishtirok etish tartibi va ularning afzalliklari keng yoritildi.
🚀 Ruslan Ametov talabalarni o‘z g‘oyalari asosida innovatsion loyihalar yaratishga, ilmiy faoliyatda faol bo‘lishga va zamonaviy texnologiyalarni tadqiqot jarayonlariga tatbiq etishga undadi.
🤝 Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirdilar. Ochiq va samimiy muloqot esa kelajakdagi ilmiy hamkorliklar uchun mustahkam zamin yaratdi.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube





