Kasalliklarning oldini olish va davolashda kompleks yondashuv muhim
12.02.2025 Поделиться✅ Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Birlamchi tibbiy-sanitariya tizimida endokrin kasalliklar profilaktikasi, ularni erta aniqlash va davolashda multidissiplinar yondashuv» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
📌 Unda QR Sog‘liqni saqlash vaziri M.Qurbonov va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori A.Alimov Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori O.Halimov so‘zga chiqib, kasalliklar profilaktikasi birlamchi tizimda yo‘lga qo‘yilishi va bunda turli yo‘nalishdagi shifokorlarning hamkorligi muhim ekanligini ta’kidladi.
✅ Tadbirda endokrinologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar, terapevtlar, diyetologlar va sog‘liqni saqlash tizimi vakillari institutning Klinik ordinatorlari va yuqori kurs talabalari ishtirok etdi. Endokrin kasalliklarga qarshi kurashishning zamonaviy muammolari va samarali usullarini muhokama qildi.
Kasalliklarni erta aniqlash, aholini skriningdan o‘tkazish – ularni o‘z vaqtida davolash va asoratlarning oldini olishning eng yaxshi usuli ekani ta’kidlandi.
Telegram I Instagram I Facebook I YouTube






