2026-yil yanvar–oktabr oylarida amalga oshirilgan ishlar
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borildi.
Seminar, uchrashuv va o‘qitish
- Institutning 138 nafar xodimi «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi» maxsus kurslarida malaka oshirib, sertifikat oldi.
- 23-fevral kuni «Biz korrupsiyaga qarshimiz» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, Nukus tumanlararo ma’muriy sudi va prokuratura faxriylari jamiyati vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
- Talabalar uchun «Yoshlarda halollikni shakllantirish», «Halollik darslarini o‘tish metodikasi», «Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli» mavzularida seminarlar o‘tkazildi.
- 7-sentabrdan 7-oktabrgacha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar bilan Akademik halollik va Odob-axloq kodekslari mazmuni bo‘yicha uchrashuvlar, o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar o‘tkazildi.
- Xodimlarni halollik bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida o‘qitish reja-grafigi tasdiqlandi; talabalarning Virtual akademiya platformasida ta’lim olishi tashkil etildi.
Nazorat va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish
- Davlat xaridlarida alohida nazorat tizimi joriy etildi: xaridlar nizomi va komissiya tarkibi belgilandi, har oy bo‘limga hisobot topshirish tartibi o‘rnatildi. Davlat xaridlari bo‘yicha preventiv o‘rganishlar boshlandi.
- Barcha xodimlarga «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasidagi cheklovlar va javobgarlik yuzasidan rasmiy ogohlantirish berildi.
- Ishdan bo‘shatilgan xodimni qayta ishga olishda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xulosasini olish majburiy qilindi.
- Professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda «inson omili»ni qisqartirish va tanlovlarni ochiq o‘tkazish bo‘yicha buyruq qabul qilindi.
- Bo‘lim xodimlari Odob-axloq komissiyasidan tashqari barcha komissiyalar tarkibidan chiqarildi.
Monitoring
- Korrupsiyaga qarshi qoidalar samaradorligini monitoring qilish tizimi joriy etildi.
- Talabalar o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazildi; aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
- Talabalar professor-o‘qituvchilar faoliyatini QR-kod orqali anonim baholashi uchun «Fidbek to‘plash» tizimi rejasi tasdiqlandi.
- Talabalar va jamoatchilik vakillari ishtirokida «Antikorrupsiya monitoring guruhlari» faoliyat yuritmoqda.
- Davlat xizmatlari bo‘yicha rad etilgan arizalar o‘rganildi; asossiz rad etish holatlari aniqlanmadi.
Targ‘ibot
- Institut binolarining kirish joylariga «1203» ishonch telefoni haqida bannerlar o‘rnatildi.
- Moliyaviy huquqbuzarlik va yashirin iqtisodiyotga toqatsizlikni shakllantirishga qaratilgan videorolik, banner va plakatlar tayyorlandi.
- «Antikorrupsiya kovorking» markazi faoliyati qayta tashkil etildi, uning samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari (KPI) joriy qilindi.
- #STOP_KORRUPCIYA foto va video chellenji o‘tkazilmoqda.
2026-yilda qabul qilingan buyruq va rejalar
| Sana | Hujjat | Mazmuni |
|---|---|---|
| 09.10.2026 | 191-son buyruq | Ishdan bo‘shatilgan xodimni qayta ishga olishda bo‘lim xulosasini olish tartibi |
| 09.10.2026 | 01-10/52-son reja | Anonim so‘rovnomada aniqlangan muammolarni bartaraf etish |
| 24.09.2026 | 01-10/46-son reja | «Ochiqlik indeksi» ko‘rsatkichlarini oshirish |
| 07.08.2026 | 141-son buyruq | Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha xodimlarga rasmiy ogohlantirish |
| 30.07.2026 | 01-10/23-son reja-grafik | Xodimlarni halollik bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qitish |
| 22.07.2026 | 132-son buyruq | Korrupsiyaga qarshi qoidalar samaradorligini monitoring va nazorat qilish |
| 22.07.2026 | 134-son buyruq | Davlat xaridlari bo‘yicha preventiv o‘rganishlar |
| 29.06.2026 | 01-10/15-son reja | «Korrupsiyasiz soha» Yo‘l xaritasini amalga oshirish |
| 17.06.2026 | 107-son buyruq | «Komplayens-nazorat» bo‘limi nizomi |
| 26.05.2026 | 96-son buyruq | «Antikorrupsiya kovorking» markazini qayta tashkil etish |
| 15.05.2026 | 01-10/10-son reja | Milliy kengashning 2026-yilgi harakatlar rejasi ijrosi |
| 01.04.2026 | 54-son buyruq | Davlat xaridlarida alohida nazorat tizimi |
| 06.03.2026 | 42-son buyruq | Prezidentning PF-270-son Farmoni ijrosi |
| 03.03.2026 | 38-son buyruq | Davlat dasturlari ijrosi va korrupsiya omillarini bartaraf etish |
| 10.02.2026 | 01/10/-2-son reja | Hududiy kengashning yarim yillik rejasi ijrosi |
| 04.02.2026 | 17-son buyruq | «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonun ijrosini tashkil etish |
| 30.01.2026 | 01-10/1-son reja | Bo‘limning 2026-yilgi ish rejasi |