“Ma’rifat maydoni” — bilim va tafakkur sinovi
20.02.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ma’rifat maydoni” tanlovi yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etgan nufuzli bellashuv bo‘ldi.
🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra:
🥇 Nukus davlat pedagogika instituti — 1-o‘rin
🥈 Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti — 2-o‘rin
🥈 Qoraqalpoq davlat universiteti — 2-o‘rin
🥉 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali — 3-o‘rin
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori Olimbay Xalimov tanlov ishtirokchilari bilan uchrashib, ularni munosib ishtiroki bilan tabrikladi hamda kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatlariga omad tiladi.
“Ma’rifat maydoni”ning bosh maqsadi — yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini mustahkamlash va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Tanlov davomida talabalarning kitobxonlik madaniyati, tarix va adabiyotga oid bilimlari, tahliliy tafakkuri hamda jamoaviy hamkorlik qobiliyati sinovdan o‘tkazildi.
Bu bellashuv yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, ma’rifatli va tafakkuri teran yoshlar — jamiyat taraqqiyotining eng mustahkam poydevoridir.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube









