Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutida gender masalalariga bagʻishlangan uchrashuv o‘tkazildi
10.12.2025 ПоделитьсяQoraqalpogʻiston tibbiyot institutida gender tengligini targʻib etish, sogʻlom ijtimoiy muhitni shakllantirish hamda zoʻravonlikning oldini olish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Fuqarolik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi Qoraqalpogʻiston hududiy boʻlimi direktori G.Jollibekova, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Z.Erimbetova, institutga biriktirilgan profilaktika inspektori T.Qarlibayeva, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar oila psixologiyasi, gender tengligi, reproduktiv salomatlik, shuningdek, jamiyatda zo‘ravonlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir talaba-yoshlar ongida tenglik, o‘zaro hurmat va ijtimoiy mas’uliyat tushunchalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube





