Rahbariyatning rasmiy bayonotlari va chiqishlari,Yangiliklar

«Rektor va yoshlar» uchrashuvi — ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar sari qadam!

16.04.2025

👁 8 marta ko‘rilgan

📅 Bugun, 16-aprel kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Institut v.b. rektori Olimbay Xalimov talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

🗣 Uchrashuvda talabalarning:

• o‘quv jarayoni,

• ilmiy va ijtimoiy faolligi,

• ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi,

• va yangi imkoniyatlar yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📌 Rektor institutda yo‘lga qo‘yilayotgan yangi loyihalar haqida batafsil so‘zlab, yoshlarni:

• erkin fikr bildirishga,

• jamiyatda o‘z o‘rnini topishga,

• xalqaro miqyosda yuksak marralarni egallashga undadi.

Talabalar esa o‘z navbatida bir qator taklif va tashabbuslarni ilgari surishdi:

• o‘quv va amaliyot sharoitlarini yanada yaxshilash,

• kutubxonalarni ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitish,

• ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash,

• yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil etish,

• psixologik seminarlar va sport to‘garaklari faoliyatini rivojlantirish,

• kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha aksiyalar o‘tkazish takliflari ilgari surildi.

✅ Rektor har bir fikr va taklifni diqqat bilan tinglab, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr bildirdi hamda institut rivojiga xizmat qiladigan loyihalar bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv yakunida rektor yoshlarni yanada faollik ko‘rsatishga, intiluvchanlik va tashabbuskorlik bilan harakat qilishga chaqirdi.

📢 Ushbu uchrashuv yoshlar va rahbariyat o‘rtasidagi ishonchli muloqotga, hamkorlikda yuksalish sari muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

QMI Baspasóz xatkeri

Kanalǵa aǵza bolıw:👇👇

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com