Shifo va bilim bir maskanda – “Mehrli maktab”
14.02.2026 ПоделитьсяQoraqalpog’iston tibbiyot instituti klinikasida bemor bolalarning oqimi ko’paydi. Ularning talimnan uzilmasligi uchun Klinika ichidagi maxsus Mehrli maktab uzoq muddat davolanayotgan bolalar uchun nafaqat maktab balki umid va qoʻllab-quvvatlash maskaniga aylanmoqda.
Bu yerda gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya va boshqa kasalliklar bilan davolanayotgan barcha bolalar taʼlimdan uzilib qolmaydi. Davolanish jarayonida ham ular maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni davom ettirib bilim olish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Mashgʻulotlar bolalarning sogʻligi hisobga olingan holda qisqa, qulay va individual yoki guruh tarzida tashkil etiladi. Asosiy fanlar bevosita oʻqitiladi, boshqa darslar esa onlayn platformalar jumladan Zoom orqali olib boriladi.
Darslardan tashqari bolalar rasm chizish, shaxmat-shashka, qoʻl mehnati, karaoke va turli toʻgaraklar bilan shugʻullanib oʻz qiziqishlarini rivojlantiradi. Maktab psixologi esa bolalar va ota-onalarga ruhiy yordam koʻrsatadi.
Eng muhimi bolalar davolanadi, sogʻayadi va shu bilan birgalikda taʼlimdan chetda qolmaydi. Mehrli maktab ularga sogʻliq bilan birga kelajak uchun bilim ham beradi.
Agar bemorlar poliklinikalardan rasmiy yo‘llanma bilan Institut klinikasiga murojaat qilsa, operatsiyalar va davolash muolajalari bepul tarzda amalga oshiriladi.
📞 Ma’lumot uchun:
👉 +998974047679
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube









