YOSHLAR BILAN PROFILAKTIK UCHRASHUV
05.11.2026 ПоделитьсяQoraqalpoğiston tibbiyot institutida «Oçiq eşiklar kuni» munosabati bilan talaba-yoşlar iştirokida «Giyohvandlik — umr zavoli» mavzusida profilaktik tadbir taşkil etildi.
Tadbirda institut profilaktika inspektori T. Karlibaeva, Respublika OITSga qarşi kuraşiş markazi dermatovenerolog şifokori E. Turemuratova hamda Respublika ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkologiya xizmati Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali narkolog şifokori N. Dauletmuratova iştirok etdi.
Uçraşuv davomida mutaxassislar giyohvand vositalarning inson salomatligi, ruhiy holati va kelajagiga salbiy ta’siri, uning oğir oqibatlari hamda OIV infeksiyasi bilan boğliq xavf-xatarlar haqida ma’lumot berdi.
Şuningdek, yoşlar örtasida zararli odatlarning oldini oliş, soğlom turmuş tarziga amal qiliş, turli salbiy ta’sirlarga qarşi mustahkam hayotiy pozitsiyani şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.







