TARIXDAN SABOQ, KELAJAK SARI ISHONCH
14.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining 1-kurs talaba-yoshlari ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.
Darsni institutning “O‘zbek tili, tillar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, PhD T. Prniyazova olib bordi.
Mashg‘ulot davomida talaba-yoshlarga mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, bugungi taraqqiyot jarayonlari, milliy qadriyatlar hamda yoshlarning jamiyat va Vatan ravnaqidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, dars davomida yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan ochiq dars fikr-mulohazalarga boy bo‘lib, talaba-yoshlar mavzu yuzasidan o‘z qarash va mulohazalarini faol bildirdilar.




