Yangiliklar

Xalqaro tibbiyot forumida muhim ishtirok

06.09.2025

Buxoro shahrida buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1045-yilligi hamda Buxoro davlat tibbiyot institutining 35-yilligi munosabati bilan xalqaro tibbiyot forumi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Ushbu nufuzli tadbirda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori, professor Olimbay Xalimov ishtirok etdi.

📌 Forum davomida rektor O.Xalimov:

  • Abu Ali ibn Sino tavalludining 1045-yilligi hamda Buxoro DTI tashkil etilganligining 35-yilligi bilan samimiy muborakbod etdi;
  • Tadbir zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolarini muhokama qilish va yangi yechimlarni izlashda muhim platforma ekanini ta’kidladi.

🏅 Shuningdek, forum doirasida rektor “Buxoro davlat tibbiyot instituti Faxriy professori” unvoni bilan taqdirlandi.

🤝 Yig‘ilishlarda chet el va respublikamizning tibbiyot va farmatsevtika oliygohlari rektorlari:

  • talabalar amaliy ko‘nikmalarini oshirish,
  • professor-o‘qituvchilar malakasini yuksaltirish,
  • klinik bazalarda ta’lim sifatini yaxshilash,
  • qo‘shma dasturlar ishlab chiqish va tajriba almashish masalalarida kelishuvlarga erishdilar.

Mazkur forum oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy hamkorlik va tajriba almashinuvini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

© 2025 kkmi