Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 2026 yil 23 fevral kuni «Biz korrupsiyaga qarshimiz» mavzusida Davlat rahbarining Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi murosasiz pozitsiyasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati haqida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi sudyasi Raxima Xudaybergenova, Nukus tumanlararo ma’muriy sudi raisi Ruslan Jumabayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuratura faxriylari jamiyati raisi Muratbay Nuratdinov va talaba-yoshlar ishtirok etdi.



