📚 DIQQAT, TANLOV!
09.06.2026 Поделиться
“TOP-100 KITOBXON” TANLOVIGA RO‘YXATDAN O‘TING!
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba-yoshlari hamda kitobsevarlarni Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Top-100 kitobxon” respublika tanlovida faol ishtirok etishga chorlaydi.
📖 Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa ko‘nikmalarini mustahkamlash, intellektual salohiyatni yuksaltirish hamda kitobga mehr va qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilar quyidagi yosh toifalari bo‘yicha baholanadi:
🔹 14–19 yosh;
🔹 20–30 yosh.
📝 Tanlov qanday o‘tkaziladi?
Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqich — “Mutolaa” elektron platformasi orqali o‘tkaziladi.
Ushbu bosqichda ishtirokchilar har oy:
📚 1 ta majburiy adabiyot;
📚 4 ta ixtiyoriy adabiyotni mutolaa qilib, test sinovlarida qatnashadilar.
2-bosqich — Respublika bosqichi bo‘lib, unda eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar ishtirok etadilar.
🏆 G‘oliblarni qanday mukofot kutmoqda?
Tanlov yakunlariga ko‘ra har bir yosh toifasi bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar “Top-100 kitobxon” safidan joy oladi.
G‘oliblar:
🎓 maxsus diplom;
💰 pul mukofoti;
📚 hamda qator rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Bugungi kitobxon — ertangi kunning yetuk mutaxassisi va lideridir!
📚 Aziz talaba-yoshlar! Bilim va tafakkur sari yana bir muhim qadam qo‘ying, kitob o‘qing va “Top-100 kitobxon” tanlovida o‘z imkoniyatlaringizni sinab ko‘ring!