2022-2023 o‘quv yili barcha yo‘nalishdagi bitiruvchilar uchun ta’lim ehtiyoji
19.03.2023 Поделиться

Hurmatli manfaatdor tomonlar!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud ta’lim ehtiyojlari o‘rganilib, tumanlar kesimida tegishli ma’lumotlar shakllantirildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish bo‘yicha hududlarning jami ta’lim ehtiyoji 482,5 nafarni tashkil etadi.
Eng yuqori ehtiyoj quyidagi hududlarda qayd etildi:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
Beruniy TTB — 49 nafar
Ellikqal’a TTB — 20,5 nafar
To‘rtko‘l TTB — 16,25 nafar
Taxtako‘pir TTB — 9,5 nafar
Amudaryo TTB — 6,5 nafar
Magistratura va Klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha
Beruniy TTB — 53 nafar
Muynoq TTB — 46,3 nafar
Qo‘ng‘irot TTB — 36,5 nafar
Taxtako‘pir TTB — 36 nafar
Ellikqal’a TTB — 33,8 nafar
Shumanoy TTB — 25 nafar
To‘rtko‘l TTB — 22 nafar
Mazkur ma’lumotlar ta’lim dasturlarini takomillashtirish, mutaxassislarni tayyorlash ehtiyojlarini aniqlash hamda hududlarning kadrlarga bo‘lgan talabini inobatga olish maqsadida manfaatdor tomonlar foydalanishi uchun ochiq e’lon qilinmoqda.
Quyidagi jadvalda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha hududlar kesimidagi ta’lim ehtiyojlari batafsil keltirilgan.
Bo‘sh ish o‘rinlari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishni xohlasangiz “Karyera markaziga” murojat qilishingiz mumkin
Karyera markazi boshlig‘i: Yuldashev Timur Ikramovich (+ 998) 91 382 04 96
Karyera markazi marketologi: Joldasbaev Azamat Maxsetbay ulı (+ 998) 97 650 31 12