Yangiliklar

EKOLOGIK MADANIYAT VA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI BO‘YICHA TARG‘IBOT ISHLARI OLIB BORILDI

10.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A. Ismaylov tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining «Suvni birgalikda asraymiz» va «Yo‘lovchi» loyihalarining mazmun-mohiyati, ushbu tashabbuslarning yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, suv resurslarini asrab-avaylash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, institutda faoliyat yuritayotgan volontyorlik kurslari va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida talaba-yoshlarga keng tushunchalar berildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com