“ZAKOVAT QUIZ” — BILIM VA TEZKOR FIKRLASH SINOVI
10.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 1-kurs talaba-yoshlari o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini tashkil etildi.|
Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A. Ismaylov tashabbusi bilan o‘tkazilgan bellashuvda ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollar asosida bilim, mantiqiy va tezkor fikrlash, topqirlik hamda jamoaviy hamkorlik qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — “Paradoks” jamoasi — 25 ball
🥈 2-o‘rin — teng 22 ball bilan “Triplet” va “Tibbiyot yulduzlari” jamoalari
🥉 3-o‘rin — “Med Juniors” jamoasi — 21 ball
Intellektual o‘yin yoshlarning bilim va tafakkurini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoaviy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.


