Talaba-yoshlarga kredit-modul tizimi bo‘yicha tushuntirish berildi
11.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlarning ta’lim jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish bo‘yicha bilim va tushunchalarini kengaytirish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, ta’lim jarayonini tashkil etishdagi o‘rni, kreditlarni to‘plash va fanlarni o‘zlashtirish tartibi, shuningdek, talabalarning o‘quv jarayonidagi mustaqil faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalarga kredit-modul tizimida belgilangan talablarga rioya qilish, o‘quv jarayonida faol ishtirok etish hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


