Yangiliklar

1-kurs talabalari o‘rtasida sport targ‘iboti o‘tkazildi

11.09.2026

Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining 1-kurs talabalari o‘rtasida institut sport klubi faoliyati, yoshlarni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlarga sport klubining maqsad va vazifalari, faoliyat yuritayotgan sport seksiyalari hamda ularda ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish va sport bilan muntazam shug‘ullanishining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Barcha talabalar futbol, mini-futbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi, shaxmat, shashka va yengil atletika kabi sport turlari bo‘yicha institut miqyosida hamda turli darajalarda tashkil etiladigan musobaqa va turnirlarda ishtirok etishlari mumkin.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com