Sun’iy intellekt — zamonaviy ta’limning yangi imkoniyati
12.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog’iston tibbiyot institutida talaba-yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalari haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish, undan ta’lim jarayonida samarali foydalanish masalalariga bag’ishlangan suhbat tashkil etildi.
Suhbatni institutning Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi bo’limi rahbari D. Kunnazarov olib bordi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga sun’iy intellektning zamonaviy ta’lim tizimidagi o’rni, undan samarali foydalanish imkoniyatlari, shuningdek axborot bilan ishlashda mas’uliyatli va to’g’ri yondashuv masalalari bo’yicha atroflicha tushunchalar berildi.


