Yangiliklar

KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABAT — YOSHLAR TANLOVI

14.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 1–2-kurs talabalari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, uning salbiy oqibatlarini tushuntirish hamda yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan ma’rifiy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida korrupsiyaviy xavf-xatarlar, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlikning oldini olish, akademik halollik hamda ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalarga korrupsiyaga oid holatlarga duch kelganda belgilangan tartibda murojaat qilish, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish hamda bunday holatlarga befarq bo‘lmaslikning ahamiyati tushuntirildi.

Tadbir yakunida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, fikr va takliflarini bildirdilar.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com