Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori xalqaro an’anaviy tabobat haftaligida ishtirok etmoqda
15.09.2026 Поделиться
Bugun, 15-sentabr kuni Toshkent shahrida “Toshkentda xalqaro an’anaviy xalq tabobati haftaligi va O‘zbekiston–Xitoy an’anaviy tabobati madaniyati haftaligi” tadbiri o‘tkazilmoqda.
Mazkur xalqaro tadbirda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori O. Xalimov ham ishtirok etmoqda.
Tadbir “An’anaviy tibbiyot madaniyatini targ‘ib qilish – Xitoy–O‘zbekiston sog‘liqni saqlash hamjamiyatini birgalikda qurish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda an’anaviy tibbiyot sohasida ikki davlat o‘rtasida tajriba almashish, hamkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy tibbiyot bilan integratsiyalashuv masalalari muhokama qilinmoqda.


