Talabalar uchun tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha trening o‘tkazildi
16.09.2026 Поделиться
«Talaba va tadbirkorlik haftaligi» doirasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularda biznes boshlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan trening tashkil etildi.
Treningni “O‘zbek tili, tillar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi A. Tleumuratov olib bordi.Mashg‘ulot davomida biznes faoliyatini boshlash asoslari, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish imkoniyatlari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kredit va subsidiya mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalarning tadbirkorlikka oid savollariga javoblar berilib, o‘z biznes g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.


