Yangiliklar

“Har bir ko‘chat — yashil kelajak sari qadam!”

16.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 1-kurs talaba-qizlari ishtirokida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova boshchiligida talaba-qizlar tomonidan ko‘chatlar ekildi.

Mazkur tashabbus orqali yoshlar o‘rtasida tabiatga e’tibor va ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash hamda obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ko‘chat ekish jarayonida talaba-qizlar jamoaviy faollik va tashabbuskorlik namunasini ko‘rsatdilar.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com