Yevropa tajribasi o‘rganildi
17.09.2026 Поделиться
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarligi hamda Yevropa sifat kafolati yondashuvlariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar Portugaliyaning A3ES agentligi hamkorligida tashkil etilib, unda oliy ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida baholash, akkreditatsiya jarayonlarini takomillashtirish va Yevropa tajribasini ta’lim amaliyotiga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro seminarda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Meldebekova Saule ham ishtirok etdi.
Seminar davomida bildirilgan fikrlar va xalqaro tajribalar oliy ta’limda sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish, ta’lim jarayonlarini xalqaro mezonlar asosida baholash hamda akkreditatsiya jarayonlariga samarali tayyorgarlik ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.



