YILLAR ORTIDAN QAYTGAN XOTIRALAR — 30 YILLIK UCHRASHUV
19.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 1990–1996-yillarda tahsil olgan bitiruvchilar uchun 30 yillik uchrashuv tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Kurbanazarov kirish so‘zi bilan ochib, barchani bugungi uchrashuv bilan qutladi.
Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida institutda faoliyat yuritgan marhum ustozlar va shu dargohda tahsil olgan bitiruvchilar xotirasi hurmat bilan yodga olindi.
Bitiruvchilar hamda professor-o‘qituvchilar talabalik davridagi unutilmas xotiralari, yoshlik yillari va institut hayoti bilan bog‘liq taassurotlarini o‘rtoqlashdilar.
Samimiy muloqot va xotiralar bilan kechgan uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy rishtalarni yanada mustahkamladi.


