Yangiliklar

KIBERJINOYATLARDAN OGOH BO‘LING!

22.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlarning kiber savodxonligini oshirish, internet makonida xavfsizlikni ta’minlash hamda kiberjinoyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik seminar tashkil etildi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti mutaxassislari ishtirok etib, yoshlarga bugungi kunda keng tarqalayotgan kiberjinoyatlar va ulardan himoyalanish usullari haqida muhim ma’lumotlar berdi.

Mutaxassislar talaba-yoshlarni internetdagi «oson va tez daromad,» «pulingizni bir necha barobar ko‘paytirib beramiz» kabi va’dalarga ishonmaslikka, shubhali havolalarni ochmaslikka hamda shaxsiy va bank ma’lumotlarini begonalarga bermaslikka chaqirdi.

Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olib, kibermakonda xavfsiz harakatlanish bo‘yicha amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com