BOSH MIYA INSULTI: XAVF OMILLARI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
25.09.2026 Поделиться
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qarori ijrosi doirasida 25-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar va soha mutaxassislari ishtirokida «Bosh miya insulti: xavf omillari va oldini olish chora-tadbirlari» mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarni institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova ochib berdi.
Tadbir davomida “Preventiv tibbiyot asoslari, xalq tabobati va nevrologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD A. Tleubergenova bosh miya qon-tomir kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi xavf omillari, ularning oqibatlari hamda oldini olish chora-tadbirlari haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, talabalar e’tiboriga kasalliklarni davolashdan ko‘ra, ularning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarni o‘z vaqtida ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.



