Yangiliklar

Aksilkorrupsiya kovorking markazi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

28.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining 1-kurs talabalari uchun Aksilkorrupsiya kovorking markazi va uning faoliyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida talabalarga markazning asosiy maqsad va vazifalari, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Aksilkorrupsiya oyligi doirasida talabalar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tanlovlar, loyihalar va boshqa tashabbuslar haqida tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida talaba-yoshlarni mazkur tanlov va loyihalarda faol ishtirok etish, o‘z bilim, tashabbus va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishga chorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli ma’lumot va tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com