Talaba-yoshlar bilan huquqiy targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
28.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlarning huquqiy bilim va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Nukus shahar sudining sudyasi N. Bekimbetova ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi PF-160-son “Odil sudlov — 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi.
Suhbat davomida inson huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish, sud tizimining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolarning sudlarga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda “Raqamli odil sudlov” yo‘nalishining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.



