“Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida uchrashuv
30.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 2026/2027-o‘quv yilida Davolash ishi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchi talaba-yoshlarni amaliyotga yo‘naltirish va ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Kurbanazarov hamda O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “O‘zmilliybank” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh boshqarmasining “Kelajakka qadam” bo‘limi menejeri ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir “Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida tashkil etilib, unda bitiruvchi talaba-yoshlarni amaliyotga yo‘naltirish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda mehnat faoliyatini boshlashlari uchun ta’lim tashkiloti va O‘zmilliybank tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.



