Yangiliklar

DOKTORANTLAR VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR UCHUN SEMINAR O‘TKAZILDI

02.10.2026

Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish, ilmiy ishlarni tayyorlash va grant loyihalarida ishtirok etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminarni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori R. Ametov olib bordi.

Seminar davomida PhD va DSc dissertatsiyalarining tuzilishi va rasmiylashtirish talablari, JAK va Scopus jurnallari uchun ilmiy maqola tayyorlash va jurnal tanlash, o‘quv hamda metodik qo‘llanmalarni tayyorlash bosqichlari, ilmiy loyihalarni yozish va rasmiylashtirish talablari, shuningdek, xorijiy va mahalliy ilmiy grantlar tanlovlarida ishtirok etish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, tegishli tushuntirish va ma’lumotlar berildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com