Jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish
05.10.2026 Поделиться
Joriy yilning 5-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Trening institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixologi M. Ismailova tomonidan o‘tkazildi.
Mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch va samimiy muloqotni mustahkamlash, jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Trening davomida ishtirokchilar o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash, bir-birini tinglash va tushunish, jamoada hamjihatlikni rivojlantirishga qaratilgan turli psixologik mashqlar va interfaol metodlarda faol ishtirok etdilar.
Mashg‘ulot yakunida jamoada birdamlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va ijobiy muloqot muhitini shakllantirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.


