“Yosh kitobxon” tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi
02.10.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Do‘stlik festivali” doirasida talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga qiziqishini oshirish hamda intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov test savollari shaklida tashkil etilib, unda 1- va 2-tibbiyot fakultetlari hamda magistratura ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.
Test natijalariga ko‘ra, 1- va 2-tibbiyot fakultetlaridan 10 nafardan, magistratura ta’lim yo‘nalishidan 2 nafar talaba yuqori natijalarni qayd etib, tanlovning institut bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Mazkur tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish va yoshlarning bilim hamda dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.


