TALABA-YOSHLAR OLIY TA’LIM TARIXI MUZEYIGA TASHRIF BUYURDILAR
06.10.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba-yoshlarining Toshkent shahridagi ma’rifiy tashriflari davomida talaba-yoshlar Oliy ta’lim tarixi muzeyida bo‘lib, yurtimizda oliy ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanishi, uning tarixiy taraqqiyot bosqichlari hamda bugungi kundagi o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Muzeydagi ekspozitsiyalar orqali talabalar O‘zbekistonda oliy ta’limning rivojlanish tarixi, ma’rifatparvarlik harakatlari, oliy ta’lim muassasalarining taraqqiyot yo‘li hamda zamonaviy ta’lim tizimidagi yangilanishlar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur tashrif talaba-yoshlarning tarixiy xotirasi va dunyoqarashini kengaytirish, oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ta’lim va ilm-fan taraqqiyotining tarixiy ildizlarini chuqurroq anglashiga xizmat qildi.


