“Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi
06.10.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlarning tanlagan kasbiga qiziqishi va mas’uliyatini oshirish maqsadida “Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbirlar I-tibbiyot fakulteti dekan o‘rinbosari Q. Djarimbetov, II-tibbiyot fakulteti dekan o‘rinbosari A. Menlimuratov hamda II-tibbiyot fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari N. Jienbaeva rahbarligida o‘tkazildi.
Suhbatlar davomida talabalarning tibbiyot kasbini tanlashdagi maqsad va motivlari, tanlagan mutaxassisligining o‘ziga xos jihatlari, zamonaviy tibbiyotda ushbu kasbga qo‘yilayotgan talablar hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida fikr almashildi.

