TALABA-YOSHLAR UCHUN PSIXOLOGIK TRENING O‘TKAZILDI
06.10.2026 Поделиться
2026-yil 6-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik munosabatlarni shakllantirish, o‘zaro hurmat va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan psixologik trening o‘tkazildi.
Mashg‘ulot institut psixologi G. Aleuatdinova tomonidan olib borildi.
Trening davomida talabalarning jamoada o‘zini erkin tutishi, bir-birini tinglashi, samarali muloqot qilishi hamda turli vaziyatlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilar psixologik mashqlar, jamoaviy topshiriqlar va interfaol metodlarda faol qatnashib, o‘zaro fikr almashish va hamkorlik qilish ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Trening yakunida talabalar o‘zaro ishonch, hurmat va jamoaviylikni rivojlantirishga oid amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

