Yangiliklar

“ISLOHOTLAR YOSHLAR KELAJAGI UCHUN”

06.10.2026

Mo‘ynoq tumanidagi “Oq kema” bolalar sog‘lomlashtirish markazida ko‘ngilli yoshlar ishtirokida “Islohotlar yoshlar kelajagi uchun” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 6–9-oktabr kunlari tashkil etilayotgan seminarda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari ham faol ishtirok etmoqda.

O‘quv seminari doirasida yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini yuksaltirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib etishga qaratilgan mashg‘ulot va tadbirlar tashkil etilmoqda.

Seminar doirasida “Biz, bir guruhmiz, salom, Mo‘ynoq!” nomli tadbirning rasmiy ochilish kechasi ham o‘tkazilib, unda yoshlar o‘rtasida do‘stona muhit va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com