QTI VAKILLARI ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETDI
10.10.2026 Поделиться
Qoraqalpoq davlat universitetida “O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi — O‘zbekiston olima ayollarining fan, ta’lim, innovatsiya, texnologiya, tibbiyot hamda ijtimoiy-gumanitar sohalardagi ilmiy faoliyati va yutuqlarini keng yoritish, ularning mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini ilmiy tahlil qilishdan iborat.
Mazkur konferensiyada Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutidan magistrantlar Babadjanova Fazilat va Primjarova Nursaule, shuningdek, talabalar Muratbayeva Gulziyra, Nazarbayeva Shekerbanu va Saitnazarova Gulmira o‘z bayonotlari bilan ishtirok etdi.
Konferensiya olima ayollarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, tajriba almashish hamda ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘ldi.


