QO‘SHMA TA’LIM DASTURIGA QABULNING DASTLABKI BOSQICHI O‘TKAZILDI
12.10.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti hamda Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti hamkorligida 2026/2027-o‘quv yili uchun qo‘shma bakalavriat ta’lim dasturiga talabalarni qabul qilish bo‘yicha dastlabki bosqich o‘tkazildi.
Mazkur dastur tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda xalqaro ta’lim tajribasidan foydalanish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.

