Yangiliklar

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: talabalar yashash sharoitlari o‘rganilmoqda

12.10.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida kuz-qish mavsumida talaba-yoshlarning xavfsiz va qulay sharoitlarda yashashini ta’minlash maqsadida ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari hamda talabalarning mavjud muammolarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, elektr jihozlari va isitish moslamalaridan to‘g‘ri hamda xavfsiz foydalanish zarurligi tushuntirildi.

Talabalarning mavjud muammo va ehtiyojlari ham o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli masalalar ishchi guruh a’zolari tomonidan nazoratga olindi.

Bunday o‘rganishlar talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, xavfsizligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com