MUVAFFAQIYAT SARI YÖL — RAHBAR AYOL IMIDJI: TALABA-QIZLAR UÇUN ILHOM VA TAJRIBA MULOQOTI
03.11.2026 Поделиться
Joriy yilning 3-noyabr kuni Qoraqalpoğiston tibbiyot institutida institut Xotin-qizlar kengaşi taşabbusi bilan talaba-qizlar iştirokida «Muvaffaqiyat sari yöl — rahbar ayol imidji» mavzusida uçraşuv taşkil etildi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, Qoraqalpoq davlat universiteti Siyosatşunoslik va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri A. Bayriyeva iştirok etdi.
Muloqot davomida zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, davlat va jamiyat boşqaruvidagi örni hamda faolligi xususida fikr almaşildi. Rahbarlik mas’uliyati, yetakçilik salohiyati, kasbiy bilim va tajriba, qat’iyat hamda samarali boşqaruv könikmalarining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Şuningdek, rahbar ayolning kasbiy va şaxsiy imidjini şakllantirişda bilim, keng dunyoqaraş, muomala madaniyati, odob-axloq va taşqi köriniş uyğunligi muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi. Muvaffaqiyatli rahbar böliş uçun doimiy izlaniş, öz ustida işlaş, taşabbuskorlik va mas’uliyat kabi fazilatlar zarurligi haqida hayotiy misollar asosida fikr yuritildi.
Ta’kidlaş joizki, institut Xotin-qizlar kengaşi tomonidan talaba-qizlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş, yetakçilik va boşqaruv könikmalarini rivojlantiriş, şuningdek, kelajakda munosib kasbiy örin egallaşlariga kömaklaşiş maqsadida şu kabi ma’naviy-ma’rifiy uçraşuvlar muntazam taşkil etib kelinmoqda.
Bunday muloqotlar talaba-qizlarning hayotiy tajribasini boyitiş, ularda öziga bölgan işonçni mustahkamlaş, taşabbuskorlik va liderlik fazilatlarini şakllantiriş hamda kelajakda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşa oladigan faol va bilimli ayollarni tarbiyalaşga xizmat qiladi.





