MADANIY MARIFIY TADBIRLAR

Xalqaro qishloq ayollari kuni!

Har yili 15-oktabr kuni nishonlanadigan Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida mazmunli tadbirlar o‘tkazildi.

🔹 Institut talabalari uchun Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Baliqchilik” kafedrasi assistenti Almagul Kaliknazarova ishtirokida seminar tashkil etilib, unda ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning mehnatsevarligi va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida so‘z yuritildi.

🔹 Shuningdek, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova Taxiatosh tumanining «Jaña Makan» QFYda yashovchi Elmira Xayitbayeva va Rayxangul Kadirbayeva xonadonlariga tashrif buyurib, ularni bayram bilan tabrikladi hamda yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini qadrlash va turmush sharoitlarini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com